Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moldovaning yangi prezidenti ilk xorijiy safariga avtomobilda yo‘l oldi

Foto: TASS
Moldovaning yangi prezidenti Mayya Sandu ilk rasmiy safarini Ukrainaga amalga oshirdi. E'tiborlisi, Sandu tejamkorlik nuqtayi nazaridan ilk xorijiy safariga samolyotda emas, balki avtomobilda yo‘l olishni ma'qul topgan.
Sanduning matbuot kotibi Sorina Shtefirsaning ta'kidlashicha, Moldova delegatsiyasi Kiyevga samolyotda emas, balki kamroq xarajat talab etishi sababli avtomobilda jo‘nagan. Bundan tashqari, Shtefirsaning aytishicha, bu pandemiya vaqtida harakatlanishning eng maqbul yo‘li hisoblanadi.
Ukraina va Moldova vakillarining rasmiy uchrashuvi 12 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Sandu safari davomida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, bosh vazir Denis Shmigal va parlament spikeri Dmitriy Razumkov bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Moldova delegatsiyasi tarkibiga Sandudan tashqari yana 9 kishi, jumladan prezidentning tashqi ishlar bo‘yicha maslahatchisi Kristina Gerasimov, Moldovaning Ukrainadagi elchisi Ruslan Bolbochan, prezidentning energetika bo‘yicha maslahatchisi Serjiu Tofilat ham kirgan.
Sandu Moldovada 2020 yil noyabrda o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozonib, 24 dekabrdan prezident lavozimini bajarishga kirishgandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Moldova poytaxti Kishinyov va Ukraina poytaxti Kiyev o‘rtasidagi masofa 470 kmga yaqinni tashkil qiladi.
Mavzuga oid

13:54 / 05.07.2025
YeK rahbari: Moldovaning YeIga qo‘shilishi barchani xavfsizroq qiladi

15:24 / 04.07.2025
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi

14:09 / 17.04.2025
Shtrak-Tsimmerman: Moldova - YeI uchun ustuvor davlat

10:33 / 05.04.2025