Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish holatlari soni rekord darajada o‘sdi
AQSh kasallik yuqtirishlar soni o‘sishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda: bu yerda o‘tgan haftada 1 mln 786 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan.

Foto: TASS/EPA/Stephanie Lecocq
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus yuqtirish holatlari soni rekord darajada o‘sishini qayd etdi: o‘tgan haftada 5 millionga yaqin yangi holatlar aniqlandi.
Yangi holatlarning yarmidan ko‘prog‘i – 51 foizi Shimoliy va Janubiy Amerikada qayd etilgan. Bunda AQSh kasallik yuqtirishlar soni o‘sishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda: bu yerda o‘tgan haftada 1 mln 786 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlangan.
Yangi holatlar aniqlanishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya: bu yerda haftalik o‘sish 417 ming 620tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda 313 ming 130ta holat bilan Braziliya, to‘rtinchi o‘rinda 165 ming 167ta holat bilan Rossiya turibdi.
JSST ma'lumotiga ko‘ra, kasallikdan vafot etishlar soni ham o‘sgan: o‘tgan haftada dunyo bo‘yicha 85 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etildi.
Avvalroq JSST koronavirusning yana yangi turlari paydo bo‘lishidan ogohlantirgandi.
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023