Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha 11-sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Joriy yil 11 yanvar kuni Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Sudda Yo‘ldosheva farzandlariga bosim bo‘lganligi, deputat tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda u haqida noto‘g‘ri ma'lumotlar tarqatilayotganligi yuzasidan sudga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Navbatdagi sud majlisida ham guvohlarning ko‘rsatmalari tinglandi.
Sud majlisi oldidan Yo‘ldosheva maktabda o‘qiydigan farzandlariga bosim bo‘layotganligi, uning uyi atrofida noma'lum shaxslar tomonidan unga qarshi ma'lumotlar to‘planayotganligi hamda Xalq deputatlari Chirchiq shahar kengashi deputati Jahongir To‘lyaganov tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘ziga nisbatan haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma'lumotlar tarqatilayotganligi haqida gapirdi.
Ta'kidlashicha, Jahongir To‘lyaganov uning shaxsiy hayotiga oid ma'lumotlarni surishtirgan. Yo‘ldosheva sud raisidan ushbu deputatga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni, farzandlari xavfsizligini ta'minlashni so‘rab sudga iltimosnoma kiritdi.
Shuningdek, mazkur sud majlisida guvohlar Ma'murjon Saidahmedov, Zokir To‘xtayev va Toshkent viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nizom Abdullayevlarning ko‘rsatmalari tinglandi.
Sud ishi 21 yanvar kuni soat 10:00ga qadar tanaffus e'lon qildi.
Mavzuga oid

20:26 / 02.07.2025
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tergov sudyasi tezkor tadbirda ushlandi

10:13 / 02.07.2025
“Va’da qilgan tovon pulini bermay yurishibdi” - Farg‘onadagi portlashda to‘rt jigarini yo‘qotgan aya

23:00 / 28.06.2025
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

16:59 / 23.06.2025