Avstriya poytaxtida o‘n minglab kishilar koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishga chiqdi
Avstriya hukumati sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi ekspertlar bilan maslahatlashganidan so‘ng 24 yanvardan keyin karantin yana ikki-uch haftaga uzaytirilishi kerak degan xulosaga keldi.

Foto: Reuters
Vena shahrida koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan cheklovlarga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyish tashkilotchilarining ma'lumot berishicha, unda 50 mingga yaqin kishi qatnashdi, deb xabar bermoqda Avstriya matbuot agentligi.
Xabarda aytilishicha, namoyishchilar qat'iy lokdaun va tibbiy niqob taqishga qarshi chiqishgan. Norozilik namoyishi ishtirokchilari shahar markazidagi Heldenplats maydonida to‘plangan, so‘ngra Vena halqa ko‘chasi bo‘ylab yurish o‘tkazgan.
Koronavirus cheklovlariga qarshi chiqayotganlar miting o‘tkazish qoidalarida ko‘zda tutilgan talablarga bo‘ysunmagan – ular ijtimoiy masofaga rioya qilmagan hamda tibbiy niqob taqmagan.
Avstriya hukumati sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi ekspertlar bilan maslahatlashganidan so‘ng 24 yanvardan keyin karantin yana ikki-uch haftaga uzaytirilishi kerak degan xulosaga keldi.
Mamlakatda o‘tgan yilning 26 dekabridan 2021 yilning 24 yanvarigacha uchinchi qat'iy lokdaun e'lon qilingan. Unga ko‘ra, savdo markazlari, madaniyat muassasalari, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obektlari yopib qo‘yilgan.
Mavzuga oid

14:46 / 20.06.2025
Avstriya O‘zbekistonda agroklasterlar tashkil etishga tayyor

19:34 / 10.06.2025
Avstriyadagi maktabda otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘lgan

14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi

15:25 / 30.04.2025