Germaniya koronavirus mutatsiyalari sababli aviaqatnovlarni to‘xtatishni o‘ylamoqda
Germaniya koronavirus mutatsiyalari tarqalishini tutib turish maqsadida aviaqatnovlarni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Germaniya ichki ishlar vaziri Horst Zeyehofer ma'lum qildi.
"Virusning ko‘p sonli mutatsiyalari keltirib chiqarayotgan xavf bizni keskin choralar to‘g‘risida o‘ylashga majbur qilmoqda. Bu chegaralardagi qat'iy tekshiruvlarni hamda Isroil qilayotgani kabi Germaniyaga aviaqatnovlarni qariyb nolgacha qisqartirishni o‘z ichiga oladi", - dedi Zeyehofer.
O‘z navbatida, Germaniya kansleri Angela Merkel Zeyehoferdan mamlakatni mutatsiya tarqalishidan himoya qilish yo‘llarini o‘rganishni so‘ragan. Merkel shuningdek, safarlarga to‘liq taqiq qo‘yilishiga qarshi ekanligini aytish bilan birga turizmni to‘xtatishga chaqirgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 2,1 milliondan oshgan, 54 mingdan ortiq kishi kasallikdan vafot etgan.
Mavzuga oid

09:30
Bundesver strategiyasida Rossiya «ekzistensial xavf» deb ataldi

14:16 / 19.06.2025
Germaniya TIV rahbari Eron bilan urush kengayishi xavfi haqida ogohlantirdi

12:56 / 18.06.2025
Mers: Isroil biz uchun Eronda og‘ir ishni qilyapti

13:55 / 17.06.2025