«Arsenal» «MYu»ning safardagi mag‘lubiyatsiz seriyasini buza oladimi? «Barsa» revansh ilinjida, «Liverpul» uchun jiddiy sinov
«Liverpul»da inqiroz tugadimi? «Yunayted»da boshlandimi? Tuxel Angliyadagi ilk g‘alabasiga erishadimi? «Bavariya»ning asosiy ta'qibchisi kim? Ushbu hafta o‘yinlarida shu va boshqa bir qator muhim savollarga javob izlashimiz mumkin. Dam olish kunlarining asosiy o‘yinlari haqida navbatdagi anonsimizda:

APL. 21-tur
30 yanvar (shanba)
ARSeNAL – MANCheSTeR YuNAYTeD
O‘yin boshlanish vaqti: 22:30
TV-translatsiya: FutbolTV
Sulsher yangi murabbiy etib tayinlanganida, 13 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyani amalga oshirgan va faqat Londonda «Arsenal» bu yurishga chek qo‘ygandi. Xuddi shunday holat joriy mavsumda ham yuz berishiga yaqin qolgandi, ammo o‘tgan turda «Sheffild» «Old Trafford»da g‘alaba qozondi va «Yunayted»ning 13 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi. Ammo Arteta shogirdlari yana bir seriyani to‘xtatishlari mumkin – roppa-rosa bir yildan beri «MYu» safarda mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti.
«Arsenal»ning ham o‘z muvaffaqiyatli seriyasi bor, jamoa 7 o‘yindan beri APLda yutqazmayapti. To‘g‘ri, orada «Kristal Pelas» bilan nursiz durang, kubok bahsida «Sauthempton»dan mag‘lubiyat umumiy taassurotni buzib turibdi, ammo «Arsenal» so‘nggi bir oyda ancha o‘ziga kelib olganini bemalol payqash mumkin. Artetaning iste'fosi haqidagi fikrlar chekindi, endi jamoa yevrokuboklar, hatto YeChL o‘rinlari uchun ham bemalol kurashishi mumkin.
Tarkiblarga to‘xtalsak, mezbonlarda Sebalos, Tirni kabi futbolchilar jarohatda, shuningdek, Obameyangning maydonga tushishi so‘roq ostida. Ammo Partining maydon markaziga qaytgani «Arsenal»ning imkoniyatlarini oshiradi, zero birinchi davradagi o‘yinda aynan ushbu futbolchi hal qiluvchi vazifalarni bajargandi. «Yunayted» tarkibida barcha futbolchilar safda, hatto kichik jarohat tufayli o‘tgan o‘yinlarda qatnasha olmagan Bayi va Lindelof ham o‘yinga tayyor. «Sheffild» bilan o‘yinda ba'zi o‘yinchilarning o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘yin ko‘rsatganini e'tiborga olsak, Sulsher tarkibda va taktikada bir qator o‘zgarishlar qilishi ham tabiiy.
Xullas, aslida shuncha gap ortiqcha, turnir jadvali, so‘nggi paytlardagi sport formasi, tarkibdan qat'i nazar, axir bu «Arsenal» va «Yunayted» – ingliz futboli klassikasi, shunday emasmi? Tabiiyki, bizni kurashlarga boy, shiddatli uchrashuv kutib turgani shubhasiz. Yana bir qiziq fakt – Sulsher murabbiy sifatida hali Artetani mag‘lubiyatga uchrata olgani yo‘q. Ikki o‘yinda ham londonliklar gol o‘tkazmasdan g‘alaba qozonishning uddasidan chiqishgan. Yaqinda norvegiyalik mutaxassis Kloppga qarshi mana shunday noxush an'anaga chek qo‘yganini e'tiborga olsak, balki Arteta to‘sig‘i ham zabt etilar?
30 yanvar (shanba)
Bundesliga. 19-tur
LeYPsIG – BAYYeR
O‘yin boshlanish vaqti: 22:30
TV-translatsiya: SportTV
Har doimgidek, Bundesligadagi chempionlik intrigasi bahorgacha yetib bormadi. «Bavariya» 7 ochkolik farq bilan birinchi o‘ringa mustahkam joylashib oldi. Ammo YeChL yo‘llanmasi o‘rinlari uchun kurash juda keskin kechishi kutilmoqda, zero qolgan uch o‘ringa kamida 7-8 jamoa da'vogarlik qilmoqda.
«Bayyer» va «Leypsig» mana shu ta'qibchilar guruhida eng oldinda borishmoqda va bu o‘yin ligadagi ikkinchi jamoani aniqlab beradi. «Bayyer» juda yaxshi formaga kirgan va hatto turnir jadvalida peshqadamlik ham qilgandi, ammo oxirgi o‘yinlarda, ayniqsa top o‘yinlarda «Bayyer» o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotdi. Leverkuzenliklarning oxirgi 6 o‘yindan 5 tasi aynan yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoalarga qarshi bo‘ldi va faqat «Borussiya» mag‘lub etildi xolos. «Bavariya», «Ayntraxt», «Yunion Berlin» va «Volfsburg» bilan o‘yinlarda mag‘lubiyat. «Leypsig» ham o‘ziga yarasha omadsizlik qurshovida qolgan – oxirgi 4 o‘yinda atigi bir mag‘lubiyat.
Har ikki jamoada shuningdek, jarohatlar ham ko‘p. Mezbonlar tarkibida Xenriks, Forsberg, Kampl va Laymerlar uchrashuvda jamoasiga yordam bera olishmasa, «Bayyer» Vayzer, Amiri, Aryas va Benderlarning yordamiga tayana olmaydi.
Yana bir qiziq holat, ushbu raqiblarning so‘nggi 3 o‘zaro o‘yini bir xil – 1:1 hisobida tugagan. Umuman olganda, «Bayyer» «Leypsig» ustidan atigi 1 marotaba g‘alaba qozongan xolos. O‘sha o‘yin ham «Leypsig» maydonida (1:4) amalga oshgandi. «Redbulchilar» 4 o‘yinda ustun kelishgan, yana 4 o‘yin durang bilan tugagan.
«Bayyer» ushbu o‘yinda g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarilib olishi, ammo agar mag‘lubiyatga uchrasa, birato‘la 7-o‘ringa tushib ketishi ham mumkin.
APL, 21-tur
31 yanvar (yakshanba)
VeST HEM – LIVeRPUL
O‘yin boshlanish vaqti: 21:30
TV-translatsiya: Futbol TV/UzReportTV
«Liverpul» nihoyat yanvar oyida gol urishga ulgurdi va to‘rt o‘yindan iborat golsiz seriyasiga chek qo‘ydi. Klopp jamoasi yana eski rejimga qaytib, o‘z o‘yinini topdimi yoki muammolar davom etadimi, aynan shu savolga javob izlash uchun ayni muddao o‘yin. Raqib ham «Vest Hem» - katta ehtimol bilan yanvarning eng yaxshi jamoasi.
Moyyes jamoasi mag‘lubiyatsiz o‘yinlar sonini 7taga yetkazdi. 2021 yilda esa barcha 6 o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi. Bu o‘yinlarning 4tasida «Vest Hem» o‘z darvozasidan gol ham o‘tkazib yubormadi. Natijada Moyyes murabbiy sifatida so‘nggi yetti yilda ilk bor kuchli to‘rtlikdan vaqtincha bo‘lsa-da, o‘rin oldi. Keyingi to‘rt kunda londonliklarni «Liverpul» va «Aston Villa»ga qarshi muhim o‘yinlar kutib turibdi va bu uchrashuvlar «Vest Hem»ning haqiqiy salohiyatini namoyish qilsa, ajab emas.
«Vest Hem» umuman top raqiblarga qarshi ancha ishonchli harakat qilmoqda. «Manchester Siti» va «Tottenhem»ga qarshi o‘yinlarda durang, «Lester» va «Everton» safarda mag‘lub etilgan. «Enfild»dagi o‘yinda ham, esingizda bo‘lsa, jamoa oldinda borgan, faqat Diogu Jota ikkinchi bo‘limda maydonga tushib, 85-daqiqada g‘alaba golini urgandi. Umuman olsak, Yurgen Klopp «Vest Hem»ga qarshi ilk to‘rt o‘yinida qiynalgan, dastlab 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, keyin Angliya kubogida avval durang, keyin qo‘shimcha vaqtda mag‘lub etilgan. 2016 yilning oxirida esa «Enfild»da 2:2 hisobi qayd etilgan. Ana shundan keyingi 8 uchrashuvning 7tasida «Liverpul» g‘alabaga erishgan.
«Liverpul»da markaziy himoyachilarning, undan keyin markaziy himoyada o‘ynayotgan yarimhimoyachilarning jarohat olishi davom etib kelmoqda. Endi Fabino ham jarohat oldi, yaqindagina qaytgan Matip «Tottenhem» bilan o‘yinda majburan almashtirildi. So‘nggi o‘yinlarda juda katta hajmdagi ishlarni amalga oshirayotgan Alkantaraning ham holati so‘roq ostida – bu ham katta muammo bo‘lishi mumkin. Mezbonlar safida Masuaku sheriklariga yordam bera olmaydi xolos.
A Seriya, 20-tur
31 yanvar (yakshanba)
ATALANTA – LATsIO
O‘yin boshlanish vaqti: 19:00
TV-translatsiya: Futbol TV/UzReportTV
Atigi ikki kun oldin «Atalanta» va «Latsio» Italiya kubogi chorakfinalida duch keldilar. Voqealarga boy bo‘lgan uchrashuvda qizil kartochka ham bo‘ldi, urilmagan penalti ham, irodali g‘alaba ham. Bir kishi kam bo‘lib qolgan bergamoliklar Miranchukning goli evaziga 3:2 hisobida ustun kelib, yarimfinalga chiqdilar.
Ikkinchi to‘qnashuv endi A Seriyada bo‘lib o‘tadi va kuchli to‘rtlik uchun kurashda juda ahamiyatlidir. Rimliklar bu o‘yinda g‘alaba qozonib, kuchli to‘rtlikka kirib olishlari mumkin. Mavsumni o‘rtacha boshlagan «Latsio» qatorasiga 4 o‘yinda g‘alaba qozondi va peshqadamlar guruhiga yaqinlashib oldi. «Atalanta»ning esa, barcha musobaqalardagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari soni 14taga yetib ulgurdi. Ayniqsa, «Milan»ga qarshi safar o‘yinidagi ishonchli (3:0) g‘alaba Gasperini shogirdlarining hali ham katta kuch ekanini isbotlagandek. «Atalanta» hozirda peshqadam «Milan»dan u qadar uzoq (7 ochko) emas, ya'ni hali chempionlik uchun kurash ham davom etmoqda.
Mezbonlar tarkibida Gosensning yo‘qligi juda ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Ham hujum tashkil qilishda, ham himoyalanishda benazir bo‘lgan germaniyalik futbolchi «Milan» bilan o‘yinda navbatdagi sariq kartochkasini olgandi va bu diskvalifikatsiya uchun yetarli bo‘ldi. Shuningdek, Xatebur va Pashalich ham tiklanib ulgurishgani yo‘q. Rim jamoasi tarkibida Kataldi va Skolari maydonga tusha olishmaydi.
Birinchi davradagi uchrashuv Rimda, mehmonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetgandi. Umuman «Latsio» «Atalanta»ga qarshi oxirgi 9 o‘yinda atigi bir marotaba g‘alaba qozongan. O‘sha o‘yin 2019 yilning may oyida «Atalanta» maydonida bo‘lib o‘tgandi.
La Liga. 21-tur
31 yanvar (yakshanba)
BARSeLONA - ATLeTIK
O‘yin boshlanish vaqti: 01:00
TV-translatsiya: Futbol TV/UzReportTV
Bu mavsum Ispaniya chempionligi uchun bahsda «Barselona» yoki «Real» qanday qilib «Atletiko»ni quvib o‘tishadi, juda qiyin savol, ammo top klub sifatida baribir, «Barselona» har bir o‘yinda g‘alaba qozonishga majbur, aks holda bosim oshib boraveradi. Buning ustiga, «Atletik» o‘n kungina oldin «Barselona»ni superkuboksiz qoldirgandi.
Juda yaxshi yurish olgan va oxirgi 5 o‘yinda faqat g‘alaba qozonayotgan Marselino shogirdlari «Kamp Nou»da ham osonlikcha taslim bo‘lmasligi aniq. Qizig‘i, basklar oxirgi marta 7 yanvar kuni, aynan «Barselona»dan 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchraganlar, undan keyingi barcha o‘yinlar g‘alaba bilan yakunlandi. Bilbaoliklarni to‘xtatish va aylanani yopish yana «Barselona»ning chekiga tushib turibdi.
Umuman olganda, «Atletik» turniri jadvalida biror bir yuqori natijadan umid qilishi mushkul, hatto to‘rtinchi o‘rindagi jamoadan ham 13 ochkolik farq bor. Xavfli zonadan ham yetarlicha masofa bor. Shunday bo‘lsa-da, «Atletik» uchun bu mavsum o‘ziga xos unutilmas bo‘lishi mumkin. Yuqorida aytganimizdek, yaqinda Ispaniya Superkubogi qo‘lga kiritildi. Aynan shu superkubokda qatnashishga sabab bo‘lgan Ispaniya kubogi -2020 finali ham hali o‘ynalmagan. Bilbaoliklar «Sosedad»ga qarshi finalda to‘p surishadi. Bu o‘yindagi g‘alaba «Atletik»ka bir mavsumda ikki sovrin egasiga aylantiradiki, bunday holat oxirgi marta 1984 yilda ro‘y bergandi. Bundan tashqari, «Atletik» joriy Ispaniya kubogida ham chorak finalga chiqdi. Xullas, kubok o‘yinlardagi muvaffaqiyatlar va ayniqsa, «Barselona», «Real» kabi jamoalarga qarshi alohida to‘qnashuvlardagi yaxshi o‘yinlar bemalol Marselinoning ishlarini ijobiy baholashga asos bo‘la oladi.
Serxio Buskets «Elche» bilan o‘yinda navbatdagi sariq kartochkasini olib, navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Shuningdek, Pike va Koutinolar ham kamida bir oyga safdan chiqishgan. Mehmonlar safida esa juda kerakli himoyachilardan biri Balensiagada jarohat bor va sheriklariga yordam bera olmaydi.
Bu o‘yin Messi uchun ham o‘ziga xos ahamiyatli bo‘lishi mumkin. Futbolchi aynan «Atletik» bilan o‘yinda maydondan chetlatilgan va oxirgi ikki o‘yinni o‘tkazib yuborgandi. «Rayo Valekano»ga qarshi kubok o‘yinida u maydonga qaytdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof qilindi.
BOShQA O‘YINLAR:
30 yanvar. EVeRTON – Nyukasl (17:30), Bolonya – MILAN (19:00), BAVARIYa – Hoffenhaym (19:30), BORUSSIYa D – Ausburg (19:30), MANCheSTeR SITI – Sheffild (20:00), ReAL – Levante (20:15), Sampdoriya – YuVeNTUS (22:00), INTeR – Benevento (31 yanvarga o‘tar kechasi, 00:45)
31 yanvar. CheLSI – Byornli (17:00), Kadis – ATLeTIKO (20:15), NAPOLI – Parma (22:00).
Mavzuga oid

11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari

14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari

02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi

12:27 / 04.05.2025