Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«U xalqparvar, g‘o‘daymagan». Prezident Farg‘ona viloyatining yangi hokimi haqida fikr bildirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil sentyabr oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelgan Xayrulla Bozorov haqida gapirib o‘tdi.
«Men Bozorovni 5 yilmas, 10 yilmas, 15 yildan beri bilaman. U xalqparvar, g‘o‘daymagan. Shuncha yil ishlab o‘zgarmadi, endi ham o‘zgarmaydi. Mana viloyatda 4 oy ishlab ko‘rdi, sinovinglardan o‘tdi. Muammoni yelkasiga olishni biladi.
Kecha menga 50ta masala qo‘ydi. Har safar izlanishda. Men ichimda xursand bo‘ldim, lekin bildirmadim. Chunki, rahbar muammoni qo‘yganda o‘zi uchun emas, shu xalq manfaati uchun so‘raydi. Birorta gapiga yo‘q deganim yo‘q. Albatta, loyihalar uchun pul, mablag‘ kerak. Pul topish qiyin. Ammo topib beramiz.
Viloyatda marra katta, unga erishishi shart. Men Bozorovni juda yaxshi bilaman. Chustda hokim bo‘lganida ko‘p qiyinchiliklar ko‘rgan. Unda men bosh vazir edim. Odamlarning dardini bilish, odamlarni tinglashni yaxshi biladi. Farg‘onada marra katta olingan. Uni bajarish oson emas. Sizlar Bozorov bilan ozmi-ko‘pmi ishlab ko‘rdilaring. Bugun sessiyani boshqacha o‘tkazamiz», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan bloger Aziza Qurbonova.
Mavzuga oid

18:10 / 06.08.2025
O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston rahbarlari Lev Tolstoy mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi

13:42 / 06.08.2025
O‘zbekistonning barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashdagi faol va konstruktiv pozitsiyasi e’tirof etilmoqda

22:12 / 05.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda bir qancha davlat yetakchilari bilan uchrashdi

18:37 / 05.08.2025