O‘zbekiston | 12:27 / 08.02.2021
3187
2 daqiqa o‘qiladi

To‘rt viloyatda Suv muammolari institutining mintaqaviy filiallari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining mintaqaviy filiallarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Qaror loyihasiga asosan Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining Namangan filiali,  Buxoro filiali, Samarqand  filiali va Surxondaryo filiallari tashkil etiladi.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining mintaqaviy filiallarini tashkil qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda tegishli vazirliklar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mintaqaviy filiallarni bino va inshootlar bilan ta'minlash, laboratoriya bazasi yaratish, malakali kadrlar bilan ta'minlash, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish uchun klaster va fermer xo‘jaliklarida tajriba-eksperimental uchastkasi tashkil etish hamda zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va zamonaviy laboratoriya jihozlari o‘rnatish, qisqa va uzoq muddatli ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida tadqiqotlar olib borish bilan bog‘liq muhim vazifalar amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, mazkur vazifalarning amalga oshirilishi natijasida respublika barcha hududlarida yer va suv resurslarini oqilona boshqarish, ulardan samarali foydalanish, sug‘oriladigan maydonlar meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligini institutsional, texnik va texnologik rivojlantirish, ushbu sohada fan va ishlab chiqarishni integratsiyalash hamda ularning ilmiy asoslarini yanada rivojlantirishga erishiladi.

Mavzuga oid