Toshkent viloyatida navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi quriladi
Elektr energetika tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etgan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini energiya resurslari bilan barqaror va sifatli ta'minlash maqsad qilingan.

Prezident «Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qayd etilishicha:
a) O‘zbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, «CENGIZ ENERJI SAN. VE TIC A. Ş.» (Turkiya) va «Cenergo» MChJ o‘rtasida Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va 25 yil davomida ishlatish bilan bog‘liq Investor va Loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvchi Investitsiya bitimi tuzilgan;
b) «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim tuzilgan, unga muvofiq:
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda yagona xaridor — «O‘MET» AJga sotish majburiyatini olgan;
«O‘MET» AJ Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olgan va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valutada amalga oshiradi;
«O‘MET» AJ elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta'minoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga chet el valutasida tasdiqlangan, tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va sharsiz bank kafolatini taqdim etadi.
O‘zbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor hamda Loyiha kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Investitsiya bitimi tasdiqlandi.
«O‘MET» AJ va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ma'qullandi.
Mavzuga oid

11:05 / 13.06.2025
Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

20:55 / 12.06.2025
“1 soatda bitadigan muammoni 1,5 yildan beri cho‘zishmoqda” – Zangiotada tayyor yangi maktab ish boshlamayapti

21:03 / 04.06.2025
“Kilosini 20 ming so‘mdan sotardim” – eshak go‘shti sotib kelgan yigit iqrori

13:55 / 29.05.2025