Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mercedes 1,3 milliondan ko‘proq mashinasini qaytarib olmoqda

Foto: RIA Novosti
Mercedes-Benz kompaniyasi 1,3 mlndan ko‘proq mashinasini ortga qaytarib oladi. Bunga esa mashinalardagi favqulodda xizmatlarni chaqirish tizimining nosoz ishlashi sabab hisoblanadi.
Associated Press axborot agentligi AQShning mutasaddi tashkilotlariga tayanib xabar berishicha, avvalroq nemis kompaniyasiga avtomatik tizim Yevropada yo‘l-transport hodisasiga uchragan mashinaning o‘rni haqida shoshilinch xizmatlarga noto‘g‘ri xabar yuborgani ma'lum bo‘lgan. Kompaniya 2019 yil oktyabrda ushbu holat yuzasidan taftish boshlagan va shunga o‘xshash boshqa holatlar ham yuz berganini aniqlagan. Kompaniya vakilining ta'kidlashicha, biroq bunday holatlar AQShda qayd qilinmagan.
Kompaniyaning 2016 yildan 2021 yilgacha ishlab chiqarilgan mashinalari, jumladan, CLA, GLA, GLE, GLS, SLC, A, GT, C, E, S, CLS, SL, B, GLB, GLC kabi modellari qaytarib olinadi. Shuningdek, Daimler Vans kompaniyasi 2016-2020 yillarda ishlab chiqarilgan Metris va 2019-2020 yillarda ishlab chiqarilgan Sprinter modellari ham qaytarib olinishini e'lon qilgan.
Bundan tashqari, Mercedes avtomobillardagi dasturiy ta'minotni bepul yangilab beradi. Mashinalar 6 apreldan boshlab qaytarib olinadi.
Mavzuga oid

07:31 / 12.07.2025
YuNEYDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog‘liq o‘limlar ko‘paymoqda

13:20 / 11.07.2025
Yevropaning 12 shahrida jazirama harorat tufayli 2,3 ming kishi vafot etdi

14:36 / 10.07.2025
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti

17:41 / 09.07.2025