Ma'muriy qamoqqa olingan shaxslar bilan uchrashuvga kelganlardan talab qilinuvchi hujjatlar ro‘yxati o‘zgaradi

Ichki ishlar vazirining “Ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning ichki tartib-qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i loyihasi e'lon qilindi.
Ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar ichki tartib-qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, maxsus qabulxonaga ma'muriy qamoqqa olingan shaxslar qator hujjatlar asosida qabul qilinadi.
Ular:
- jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi boshlig‘ining qarori;
- ma'muriy qamoqqa olingan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Bundan tashqari, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarga ma'muriy qamoqni o‘tash davrida bir marta qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan davomiyligi bir soatgacha bo‘lgan uchrashuv beriladi. Ayrim hollarda, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarga maxsus qabulxona ma'muriyati ruxsati bilan davomiyligi bir soatgacha bo‘lgan qo‘shimcha uchrashuv berilishi mumkin.
Ma'muriy qamoqqa olingan shaxslar bilan uchrashuvga kelgan shaxslardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
- advokatdan – order va advokatlik guvohnomasi;
- ma'muriy qamoqqa olingan shaxsning qarindoshi yoki boshqa shaxsdan – o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat.
Sanab o‘tilgan shaxslardan boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Mavzuga oid

13:30 / 24.03.2025
100 mingga yaqinlashgan ma’muriy qamoq, 5 barobar oshgan deportatsiya - O‘zbekistonda huquqbuzarliklar statistikasi

20:30 / 10.02.2025
Toshkentliklarni haqoratlagan talaba qiz 10 sutkaga qamaldi

17:19 / 03.02.2025
Andijonda 13 yoshli qo‘shni qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamaldi

21:10 / 13.01.2025