TikTok ilovasida guruh chatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
Yangi funksiya taniqli blogerlarga o‘z obunachilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi.

Foto: REUTERS/Mike Blake
TikTok ilovasida guruh chatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Reuters o‘z manbalariga tayanib. Xabarda aytilishicha, yangi funksiya shu yil ishga tushadi.
Guruh chatlarida xabar almashish imkoniyatini yaratish ByteDance kompaniyasining TikTok ilovasini «ijtimoiy muloqot ilovasi»ga aylantirish rejasining bir qismi hisoblanadi, degan agentlik manbasi.
Kompaniya guruh chatlari foydalanuvchilarning ilovada ko‘proq bo‘lishlariga yordam beradi deb hisoblamoqda. Shuningdek, yangi funksiya taniqli blogerlarga o‘z obunachilari bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot qilish imkonini beradi.
Agentlikning qayd etishicha, TikTok ichida suhbatlashish imkoniyatining yo‘lga qo‘yilishi ByteDance kompaniyasiga Facebook va boshqa yirik ijtimoiy tarmoqlar bilan raqobatlashishga yordam beradi.
Xabarda aytilishicha, ByteDance TikTok ilovasiga guruh chatlarini qo‘shishni o‘tgan yili rejalashtirgan, ammo Donald Trampning AQShda ushbu ilovani bloklashga urinishi bu rejaning amalga oshishiga xalaqit bergan.
Mavzuga oid

22:37 / 19.06.2025
Tramp TikTok ilovasining AQShdagi faoliyatini 90 kunga uzaytirdi

00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

23:52 / 04.04.2025