Jahon | 10:56 / 19.03.2021
5118
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi rasman MRBga rahbar bo‘ldi

MRBga boshliq etib tayinlangan sobiq diplomat Rossiyani «vayronkor kuch» va AQShga potensial tahdid deb hisoblaydi.

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasini bundan buyon AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Uilyam Berns boshqaradi. Mamlakatning eng asosiy maxsus xizmatlaridan birining rahbarligiga Bernsning nomzodi texaslik respublikachi-senator Ted Kruz ovoz berishga qarshilik qilishni to‘xtatganidan keyin 18 mart kuni Kongressning yuqori palatasida o‘tkazilgan ovoz berishdan keyin ma'qullangan.

Kruz Bayden ma'muriyatini «Shimoliy oqim»-2 («Severniy potok–2») gaz quvuri o‘tkazilishiga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga undamoqda. Senator «Putinning quvurini qurayotgan» kompaniyalarni aniqlash va ularga qarshi sanksiya qo‘llash Bayden ma'muriyatining qonuniy burchi deb hisoblaydi.

Uilyam Berns diplomatik sohada 30 yil faoliyat ko‘rsatib, Rossiya va Iordaniyada AQSh elchisi bo‘lib ishlagan. Fevralda Senatning uni MRB rahbarligiga tayinlash borasidagi tinglovida Berns Xitoyni «AQSh uchun eng katta ko‘lamli geosiyosiy sinov» deb atagandi. Rossiya haqida esa, bu davlat ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha ta'sirini yo‘qotayotgan bo‘lsa-da, vayronkor kuch va potensial tahdid bo‘lib qolaveradi, deb aytgan.

Mavzuga oid