Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 000 AQSh dollariga giyohvand modda sotayotgan andijonlik qo‘lga olindi
Paxtaobod tumani «Mustaqillik» MFY hududida 40 yoshli Mirzahrom X., shartli ravishda mijoz sifatida jalb qilingan fuqaroga 1000 AQSh dollari evaziga o‘tkir hidli modda sotayotgan vaqtida ushlangan.

Sud kimyoviy ekspertiza xulosasida Mirzabahrom X.dan olingan vazni 101,84 gramm modda gashish giyohvand moddasi ekani ko‘rsatilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Mirzabahrom X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Asaka tumanida kam ta'minlangan va ishsiz fuqarolarga ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilganlar fosh etilgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:49 / 29.07.2025
Asaka tumani «to‘rtligi» davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

21:41 / 28.07.2025