Farg‘ona viloyatida nogironligi bor fuqarolar va kam ta'minlangan yolg‘iz onalarga yangi uy-joylar topshirildi

Navro‘z bayrami arafasida Farg‘ona viloyatida 55 nafar nogironligi bor bo‘lgan fuqaro va 32 nafar kam ta'minlangan yolg‘iz onalarga yangi uy-joy topshirildi.
Farg‘ona viloyati Xalq qabulxonasining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, Farg‘ona tumanida 62 ta, Oltiariq tumanida 25 ta yangi namunaviy loyihada qurib bitkazilgan arzon uy-joylar nogironligi bor kam ta'minlangan yolg‘iz ayollarga Navro‘z bayrami arafasida topshirilgan.
Ta'kidlanishicha, viloyatda o‘tgan 2020 yilda 235 nafar nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, uy-joyga muhtoj fuqarolarni uy-joylar bilan ta'minlash uchun ularga imtiyoz asosida dastlabki badallar to‘lab berilgan.
Ma'lum qilinishicha, Xalq qabulxonasiga murojaat qilgan uy-joyga muhtoj, mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan 93 nafar fuqaroga uy-joylar boshlang‘ich badal to‘lovlari uchun maxsus fond hisobidan 1 mlrd 333 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
Mavzuga oid

18:19
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

09:14 / 18.06.2025
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025
Restorandagi “maska-shou”: Farg‘onaning amaldorlari u yerda nima qilyapti?

13:57 / 13.06.2025