Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiydagi mushtlashuv «qahramonlar»ining kimligi ma'lum bo‘ldi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Navoiyda, yo‘l chetida sodir bo‘lgan mushtlashuv aks etgan videolavha tarqaldi. Unda bir necha erkak 3 nafar fuqaroni ayovsiz kaltaklaganini ko‘rish mumkin.
Mazkur holatga Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi. Ma'lum qilinishicha, ushbu voqea 9 mart kuni Konimex tumani Yuksalish mahallasi hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 15-kilometrida sodir bo‘lgan.
Fuqarolar I.V., Q.L. va T.P. bir guruh bo‘lib, ularga nisbatan qo‘li bilan nojo‘ya xatti-harakat qilganligi sababli fuqaro R.U. bilan janjallashib qolishgan. Janjal vaqtida R.U., Z.N. va V.B. hayoti uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati olishganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda viloyat IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

21:17 / 03.07.2025
Navoiyda voyaga yetmagan qizlar ishtirokida janjal sodir bo‘ldi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025