Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyati hokimiga yangi matbuot kotibi tayinlandi
Farhod Ahmadjonovich Mamadaliyev viloyat hokimining 2021 yil 29 martdagi qarori bilan Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Farhod Ahmadjonovich Mamadaliyev 1980 yili Namangan viloyatining Uychi tumanida tug‘ilgan. 2002 yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2017 yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U 2019 yildan buyon Uychi tumani hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, hokimning matbuot kotibi axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi sifatida lavozim va maqom jihatidan hokim o‘rinbosari darajasiga tenglashtiriladi.
Mavzuga oid

17:51 / 07.07.2025
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025