Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 14:52 / 09.04.2021
561
1 daqiqa o‘qiladi
Xorazm viloyatida so‘nggi haftada sodir etilgan jinoyatlar soni ma'lum qilindi
1-8 aprel kunlari viloyat hududida 57ta jinoyat sodir etilgani qayd etildi (o‘tgan haftada 38ta edi). Bu haqda Xorazm viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sardor Rahimov xabar berdi.

Jinoyatlar turi bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- 12ta transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish;
- 8ta o‘g‘rilik;
- 8ta pora berish;
- 5ta jamoat xavfsizligi va tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash yoki tarqatish;
- 4ta firibgarlik;
- 4ta giyohvandlik;
- 1ta haqorat qilish;
- 1ta odam savdosi;
- 1ta qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish;
- 13ta boshqa turdagi jinoyatlar.
Shahar va tumanlar kesimida sodir etilgan jinoyatlar miqdori:
- Urganch shahri - 16;
- Bog‘ot tumani - 7;
- Yangiariq va Urganch tumanlari - 5;
- Xiva tumani - 4:
- Yangibozor, Gurlan, Shovot, Qo‘shko‘pir, Tuproqqal'a tumanlari - 3;
- Xonqa va Hazorasp tumanlari - 2;
- Xiva shahri - 1.
Qayd etish joizki, hafta davomida jinoyat sodir etilmagan shahar va tuman bo‘lmadi.
Mavzuga oid

18:16 / 23.07.2025
“Jilovlanmayotgan” jinoyat: soddalik chegarasi va pixini yorgan firibgarlar

11:45 / 04.06.2025
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi

17:21 / 05.04.2025