Hindistonda koronavirus yuqtirish holatlari ko‘payayotgani sababli remdesivir eksporti taqiqlandi
Hindiston hukumati mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani sababli COVID-19’ni davolashda qo‘llanuvchi remdesivir dori vositasi va uni ishlab chiqarishda ishlatiluvchi farmatsevtik moddalar eksportini taqiqlab qo‘ydi.

Foto: EPA/Vostock-photo
Times of India nashrining xabar berishicha, taqiqlov vaziyat yaxshilanmaguncha amal qiladi.
Hukumat ushbu dori vositasiga ichki talab oshishini kutmoqda va shu sababli remdesivir ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan aloqada bo‘lib turibdi. Shuningdek, hukumat shifoxonalar va bemorlarning remdesivirga ehtiyojini qondirish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
Remdesivir zotiljamdan aziyat chekuvchi va kislorod ta'minotiga muhtoj yoshi kattalar va 12 yoshdan katta o‘smirlar uchun mo‘ljallangan dori vositasi hisoblanadi. Biroq uning samaradorligi borasida qarama-qarshi axborot mavjud.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 11 aprelda Hindistonda rekord sonda — 152 mingtadan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Hindiston dunyo bo‘yicha 1-o‘rinda turibdi.
Ayni vaqtda Hindiston poytaxti Dehlida koronavirus tarqalishining 4-to‘lqini kuzatilmoqda. Bu haqda Dehli bosh vaziri Arvind Kajrival ma'lum qildi. U vaziyatni xavotirli deb atagan. Oxirgi sutkada 30 mlndan ko‘proq kishi yashaydigan shahar va uning atrofidagi hududda 10 ming kasallanish holati qayd etilgan.
Vazirning ta'kidlashicha, agar shahar shifoxonalarida o‘rinlar qolmasa, unda karantin kiritiladi. Hozircha Dehlida ommaviy tadbirlargagina taqiqlov amal qilmoqda. Kajrival odamlarni iloji boricha uyda qolishga va zarur sanitar choralarga amal qilishga chaqirgan.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025