Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyalik sportchi chang‘ida 700 kilometr masofani to‘xtovsiz 41 soatda bosib o‘tdi
Okland 2020 yilda 32 soat davomida 516 kilometr masofani bosib o‘tgandi.

Foto: Getty Images
Norvegiyalik Olimpiada chempioni Anders Okland jahon rekordini o‘rnatdi. U chang‘ida 700 km 500 m masofani to‘xtamasdan 41 soatda bosib o‘tdi. Bu haqda Yeurosport xabar berdi.
48 yoshli chang‘ichi 10 aprel kuni yo‘lga chiqqandi. U yo‘l bosishni yakshanba kuni kechqurun to‘xtatdi.
Sportchi birinchi sutkada yurish oson bo‘lganini aytdi. U 24 soat ichida 420 km masofani bosib o‘tgan. So‘ngra kuchli qor yog‘a boshlagan va yo‘l yurish qiyinlashgan.
Okland 2020 yilda 32 soat davomida 516 kilometr masofani bosib o‘tgandi. Ammo bir necha kundan keyin undan sakkiz kilometr uzoqroq yo‘l bosgan Henrik Solli uning rekordini yangilagandi.
Mavzuga oid

08:14 / 09.07.2025
Niderlandiya va Norvegiya Polsha osmonida patrullik qiladi

19:41 / 03.07.2025
Norvegiya ilk bor yadro xavfsizligi bo‘yicha strategiyasini taqdim etdi

16:03 / 17.05.2025
O‘zbekiston elchisi Norvegiya qiroliga ishonch yorlig‘ini topshirdi

20:44 / 02.05.2025