Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qon shahrida transport yo‘llaridagi sun'iy notekisliklar sinov tariqasida o‘rnatilganligi ma'lum qilindi

Qo‘qon shahrining ayrim ko‘chalarida sun'iy notekisliklar o‘rnatilib, u shahardagi haydovchilarning e'tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.
Kun.uz muxbiri Qo‘qon shahrining Beruniy va Turon ko‘chasida o‘rnatilgan sun'iy notekisliklarning o‘rnatilish sababi bilan qiziqib, Qo‘qon shahar IIO FMB YHXB targ‘ibot inspektori, katta serjant Isroiljon Qambarov bilan bog‘landi.
YHXB inspektorining ma'lum qilishicha, ushbu notekisliklar yo‘l-transport hodisalari, noxush holatlarning oldini olish maqsadida sinov tariqasida o‘rnatilgan.
«Agarda ushbu ko‘chalarda sinov muddati davomida yo‘l-transport hodisalari sezilarli darajada kamaysa, sun'iy notekisliklar Qo‘qon shahridagi barcha maktablar va boshqa ta'lim muassasalari oldidagi yo‘llarda ham o‘rnatiladi», - deya ta'kidladi I.Qambarov.
Shuningdek, ushbu sa'y-harakatlar bolalar xavfsizligi va salomatligi yo‘lida amalga oshirilayotganligi bildirildi.
Ma'lumot uchun, hozirda Qo‘qon shahrining Turon ko‘chasida joylashgan Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda Beruniy ko‘chasida joylashagan 20-maktab oldiga sun'iy notekisliklar o‘rnatilgan.
Mavzuga oid

09:37 / 12.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining yashirin guruhi a’zolari ushlandi

15:40 / 15.02.2025
Qo‘qonda “oshkora qotillik”: ko‘pyillik chinor kuppa-kunduzi kesib ketildi

17:45 / 23.11.2024
“Kamerani ko‘rib, bemorlarni tarqatib yuborishdi” – muxbirlar farg‘onalik tabib ko‘chasiga kiritilmadi

12:08 / 02.03.2024