Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda 3 oylik chaqalog‘ini 700 dollarga pullamoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Foto: Illyustrativ foto
Izboskanlik 2 nafar bolaning onasi G. va O. (erkak) kimdan ekanligi noma'lum bo‘lgan 3 oylik chaqalog‘ini sotishga urindi. Bu haqda «Qonun va ijro» nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu xabar tarqalib, kerakli idoralargacha yetib borgan. Shundan so‘ng ular yashayotgan xonadonga chaqaloqni ko‘rgani «er-xotin mijoz» keldi. Shu yerda G. va O. orqali «mijoz»ga qiz chaqalog‘ini 700 AQSh dollariga sotmoqchi ekanini bildirdi. Og‘zaki kelishuvdan so‘ng ular Andijon shahridagi «Daryotrans» yonida ko‘rishmoqchi bo‘ldi.
700 AQSh dollarini «mijoz»dan sanab olib, chaqaloqning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasini berish vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi Departamenti xodimlari ularni qo‘lga oldi.
Sud hukmi bilan O. 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Onaga esa yosh chaqaloq farzandi borligi, turmush o‘rtog‘i yo‘qligi, ular onasining mehriga muhtoj ekani hisobga olinib, Jinoyat kodeksining 72-moddasi (shartli hukm qilish) tatbiq qilingan holda shartli jazo tayinlangan.
Mavzuga oid

22:24 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi

14:28 / 31.07.2025
Toshkentdan Samarqand va Andijonga pulli yo‘llar qurilishi 2026 yilda boshlanishi mumkin

21:49 / 29.07.2025
Asaka tumani «to‘rtligi» davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

21:41 / 28.07.2025