Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda karate bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

16 aprel kuni Toshkentdagi “Universal” sport majmuasida karate WKF bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqalari boshlandi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sport yakka kurashlari bo‘yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi hamda O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu musobaqa yakunlariga ko‘ra, kattalar, yoshlar va o‘smirlardan iborat O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi tarkibi shakllantiriladi.
Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent shahridan qariyb 1 000 nafarga yaqin sportchi-karatechilar ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston chempionatida ishtirokchilar yakkalik kata, jamoaviy kata, yakkalik kumite hamda jamoaviy kumite bahslarida o‘zaro bellashishadi.Bugun 14-15 yoshli, ertaga 16-17 yoshli karatechilar yakkalik kata, jamoaviy kata, yakkalik kumite hamda jamoaviy kumite bahslarida tatamiga chiqishadi.
Mavzuga oid

21:53 / 10.07.2025
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:51 / 10.07.2025
Toshkentda 26 ta ko‘cha tun-u kun ishlaydigan gavjum maskanga aylantiriladi

11:56 / 10.07.2025