28 yoshli qizni fohishalik uchun Ummonga jo‘natayotgan shaxslar ushlandi

Foto: KUN.UZ
Buxoro viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi, Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 28 yoshli qizni fohishalik uchun Ummon davlatiga yuborayotgan shaxslar qo‘lga olindi.
Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Jondor tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro B.M. (qiz) 31 yoshli jinoiy sherigi A.F. hamda xorijdagi jinoiy sherigi R.M. ismli ayol bilan oldindan til biriktirib, 1993 yilda tug‘ilgan T.Sh.ni fohishalik qilish uchun Ummon davlatining Muskat shahriga jo‘natishmoqchi bo‘lishgan.
Ular T.Sh.ni ushbu shaharda ko‘p pul topishga ishontirib, uning nomiga Toshkent-Istanbul-Muskat yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta rasmiylashtirishadi. B.M. aviachipta, viza, chet elga chiqish pasporti uchun to‘lovlarni o‘zining hisobidan to‘lagan. T.Sh. bilan esa Muskat shahriga yetib borgach, xarajatlar uchun 5 000 AQSh dollari ishlab berishi to‘g‘risida kelishgan.
Ammo o‘ylangan reja amalga oshmadi. Ular T.Sh.ni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan xorijga yuborayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan B.M. va A.F.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

22:21 / 30.05.2025
Turkiyada fohishalikka majburlab kelingan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi

00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

17:05 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

16:48 / 06.03.2025