Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina chegarasidan qo‘shinlar olib ketilishi e'lon qilinganidan so‘ng rubl kursi ko‘tarildi
22 aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu janubiy va g‘arbiy harbiy okruglar qo‘shinlarini tekshirish yakunlangani va ular o‘zlarining doimiy joylashuv punktlariga qaytishini e'lon qilgandi.
22 aprel kuni soat 21:53 holatiga Moskva birjasida bir dollar 75,38 rublni tashkil etdi – bu bir kun avvalgiga nisbatan 1,22 rublga arzonroq. Yevro kursi ham 1,65 rublga arzonlashib, 90,52 rublga teng bo‘ldi.
Shu kuni biroz avval Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu janubiy va g‘arbiy harbiy okruglar qo‘shinlarini tekshirish yakunlangani va ular o‘zlarining doimiy joylashuv punktlariga qaytishini e'lon qilgandi.
Shoyguning buyrug‘iga ko‘ra, Rossiya janubidagi harbiy mashg‘ulotlarda qatnashgan qo‘shinlar 1 maygacha doimiy joylariga qaytariladi.
Rossiya Ukraina bilan chegaraga qo‘shin joylashtirishni mart boshlarida, Donbassdagi nizo keskinlashganidan keyin boshlagandi.
20 aprel kuni YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ukraina chegarasi va Qrimdagi rossiyalik harbiylar sonini 100 mingdan ortiq deb baholadi.
Mavzuga oid

23:42 / 10.07.2025
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi

21:34 / 10.07.2025
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi

20:32 / 10.07.2025
Yevropa komissiyasi Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi

15:07 / 10.07.2025