Sport | 00:58 / 24.04.2021
11515
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Paxtakor» 87-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Traktorsozi» «Eyr Fors»ni mag‘lub etdi

Osiyo Chempionlar Ligasining 4-turida «Paxtakor» «Sharja» bilan bahs yuritib, 87-daqiqada g‘alabani boy berdi. Eren Derdiyo‘qning goliga Muhammad Halfan javob berdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «Traktorsozi» «Eyr Fors»dan ustun keldi. 

Shu tariqa 4-turdan so‘ng «Sharja» (8 ochko) birinchi, «Traktorsozi» (6) ikkinchi, «Paxtakor» (3) uchinchi,  «Eyr Fors» (2) so‘nggi pog‘onani egallab turibdi. 

OChL, V guruhi, 4-tur, 23 aprel

Paxtakor — Sharja 1:1
Gollar: Derdiyo‘q (59) — Halfan (87).
Paxtakor — Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A'zamov, Anzur Ismoilov, Farrux Sayfiyev, Sharof Muhiddinov, Sardor Sobirxo‘jayev, Hojimuhammad Erkinov, Dragan Cheran, Diyor Xolmatov (Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 79), Eren Derdiyo‘q (Abror Ismoilov, 79).
Sharja — Odil Al Husayni, Shahin Abdalla, Kayo, Muhammad Abdulbasit (Rashid Ali, 73), Holid Bavazir (Igor Koronado, 83), Ali Muhammad, Abdalla G‘anim, Holid Ibrohim (Abdulaziz Salim, 83), Salim Solih (Muhammad Halfan, 84), Luan Pereyra, Otabek Shukurov.

Traktorsozi — Eyr Fors 1:0
Gol: Tikdari (2).

Mavzuga oid