AQShda bo‘lib o‘tgan «Ilg‘or jangchi» musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik harbiylar taqdirlandi

Joriy yil 19—24 aprel kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missisipi shtatidagi «Camp Shelby» harbiy o‘quv bazasida o‘tkazilgan «Ilg‘or jangchi» musobaqasining g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti Kun.uz’ga xabar berdi.
Missisipi shtatidagi Qurolli Kuchlar tuzilmalari vakillari, faxriylar va musobaqa ishtirokchilari qatnashgan marosimda tashkilotchilar tomonidan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar — III darajali serjant Dilmurod Sulaymonov hamda kichik serjant Xayrulla Olimovga musobaqa g‘oliblari uchun beriladigan «Ilg‘or jangchi» mukofoti va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Ma'lum qilinishicha, g‘olib harbiy xizmatchilar 27 aprel kuni O‘zbekistonga yetib keladi.
Eslatib o‘tamiz, AQShdagi «Camp Shelby» harbiy o‘quv bazasida bo‘lib o‘tgan «Ilg‘or jangchi» musobaqasida, O‘zbekiston vakillari boshqa yo‘nalishdagi bahslarda ham muvaffaqiyatli qatnashgan edi.
Shuningdek, ushbu musobaqada 2019 yildagi ishtiroklari davomida ham o‘zbekistonlik harbiylar 1-o‘rinni qo‘lga kiritishgan edi.
Mavzuga oid

22:17 / 24.05.2025
Tramp AQSh endi «demokratiyani kuch bilan o‘rnatmasligi»ga va’da berdi

22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi

20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi

16:19 / 24.05.2025