Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabulda 555 ta murojaat ko‘rib chiqildi

Foto: KUN.UZ
Qo‘qon shahrida Sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil etilgan ommaviy qabullar bo‘lib o‘tdi. Fuqarolar murojaatlarining 163 tasi ijobiy hal etilib, 131 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi, 247 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.
Qo‘qon shahrining Yoshlar bog‘ida Sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi. Unda Qo‘qon shahri aholisi bilan birgalikda, Dang‘ara, Uchko‘prik tumanlari fuqarolari ham ishtirok etdi.
Qabullarga tashrif buyurgan murojaatchilarni Prezident Administratsiyasi mas'ullari, oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi rahbarlari qabul qilib, har bir murojaatda ko‘tarilgan masalani shu sohaga daxldor mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqdi.
«35 yildan buyon yer-joy bilan bog‘liq muammom bor edi. Yillar davomida hokimiyat bilan tortishib kelardim. Respublikadan kelgan mutasaddilar bugun ushbu masalani ijobiy hal qilib berishdi», — deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Dang‘ara tumanidan ommaviy qabulga kelgan Islomjon Ahmedov.
Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, shu kungi ommaviy qabullarda 555 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Fuqarolar murojaatlaridan 163 tasi ijobiy hal etilib, 131 tasi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berilgan, 247 ta murojaat ijrosi nazoratga olingan.
Mavzuga oid

09:37 / 12.06.2025
Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining yashirin guruhi a’zolari ushlandi

15:40 / 15.02.2025
Qo‘qonda “oshkora qotillik”: ko‘pyillik chinor kuppa-kunduzi kesib ketildi

17:45 / 23.11.2024
“Kamerani ko‘rib, bemorlarni tarqatib yuborishdi” – muxbirlar farg‘onalik tabib ko‘chasiga kiritilmadi

12:08 / 02.03.2024