Samsung Galaxy S20’dagi kichik nuqson yirik sud tortishuviga sabab bo‘ldi

Samsung Galaxy S20 smartfoni kamerasi oynasidagi kichik nuqson yirik sud tortishuviga sabab bo‘ldi. AQShning Hagens Berman yuridik firmasi jabrlanuvchi foydalanuvchilar nomidan koreys kompaniyasiga qarshi sudga jamoaviy da'vo arizasi topshirdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Samsung’ning 2020 yilda chiqqan flagman smartfoni foydalanuvchilari uning kamera bloki ustini qoplab turuvchi oyna o‘z-o‘zidan darz ketishi muammosiga to‘qnash kelishdi. Hattoki ba'zi smartfonlarda ushbu oyna go‘yoki ataylab sindirilgandek ko‘rinishda bo‘lgan.
Samsung ushbu muammoni istar-istamasdan tan olgan bo‘lsa-da, kafolat bo‘yicha ta'mirlashdan bosh tortgan. Kompaniya foydalanuvchilarga mittigina oynani ular hisobidan 400 dollarga almashtirib berishni taklif qilgan. Arzimas xizmat uchun bunday katta narx so‘ralishi smartfonni ta'mirlash uchun Janubiy Koreyaga jo‘natish kerakligi bilan tushuntirilgan.
Da'vo arizasida koreys kompaniyasi xaridorlar huquqiga amal qilmaslikda va kamchilikni bartaraf etishni foydalanuvchilar zimmasiga yuklashda ayblanmoqda. Jamoaviy arznomaga sud ishi yutib chiqilsa, kompensatsiya va'da qilingan holda qolgan foydalanuvchilarning ham qo‘shilishi taklif qilingan.
Mavzuga oid

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

20:08 / 25.03.2025