Bog‘dod tumanidagi YTHda yana bir qizaloq vafot etdi

Voqea 4 may kuni Bog‘dod tumanining Qo‘shtegirmon qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan.
Bu haqda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, fuqaro A.A. “Damas” rusumli avtomashinasini Qo‘shtegirmon qishlog‘i hududida boshqarib ketayotgan vaqtida, yo‘lni qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan T.M. ismli qizni urib yuboradi. Oqibatda T.M. ismli qiz hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Bog‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq, Farg‘onadagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9 yoshli qiz vafot etganligi bo‘yicha xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

18:17 / 19.05.2025
Bishkekda o‘zbekistonlik talaba avtohalokatga uchradi. Komada yotgan qizning onasi yordam kutyapti

18:04 / 16.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi

16:46 / 16.05.2025