Vodiyda quyosh atrofini «o‘rab» olgan halqa nimani anglatadi?

Foto: KUN.UZ
10 may kuni vodiyliklar g‘aroyib hodisaga guvoh bo‘lishdi. Quyosh atrofini kamalak rangiga monand halqa o‘rab oldi.
Ushbu hodisa haqida oliy toifali geografiya o‘qituvchisi Dilfuza Izbayeva bizga so‘zlab berdi.
«Bu hodisa fanda ‘galo’ deb ataladi. Quyosh yoki Oy atrofida nurli uzuk paydo bo‘ladigan optik hodisa. Ushbu hodisa yuqori troposferada muz kristallaridan tashkil topgan sirus bulutlari mavjudligidan kelib chiqadi. Kristallarda yorug‘likning sinishi tufayli yuz beradi», — deydi geografiya o‘qituvchisi.
Eslatib o‘tamiz, Andijon osmonida noyob yorug‘lik paydo bo‘lib so‘ngani yuzasidan rasmiy ma'lumot berilgan edi.
«Ikki taxmin bor. Birinchisi, bu kosmik chiqindi, kosmik kemaning o‘z vazifasini bajarib bo‘lgan qismi. Ikkinchi taxminga ko‘ra, bu kosmik jism, asteroid parchasi bo‘lib, kecha bolid ko‘rinishida namoyon bo‘ldi», — deya izoh bergan edi Fanlar akademiyasining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti direktori o‘rinbosari Yusufjon Tillayev.
Mavzuga oid

13:57 / 07.04.2025
Malayziya O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyalarini qurishga investitsiya kiritadi

09:51 / 09.01.2025
2025 yilda 35 mingta xonadonda kichik quyosh panellari o‘rnatiladi

10:16 / 08.11.2024
YeTTB va YeI O‘zbekistondagi quyosh elektr stansiyasi loyihasiga mablag‘ ajratdi

08:56 / 25.07.2024