Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Uchqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro A.A.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, ushbu xonadonda bojxona rasmiylashtiruvini va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, qiymati 78 mln so‘mlik 6 turdagi 21 ming 723 dona dori vositalari noqonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida Yangiqo‘rg‘on tumanida avvaldan kuzatuvga olingan, fuqaro Q.I. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.
Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilagan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, qiymati 30 mln so‘mlik 4145 dona biologik faol qo‘shimchalar hamda 120 dona parfyumeriya vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

16:19 / 23.07.2025
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

13:40 / 16.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025