Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bu yil OTMga kirish imtihonlari nechta fandan bo‘lishi tasdiqlanmagan» - Behzod Musayev
Bosh vazir o‘rinbosari bu yilgi test sinovlarida nechta fandan imtihon bo‘lishi masalasi to‘liq hal bo‘lmaganini aytdi. Biroq avvalroq Davlat qabul komissiyasi barcha uchun umumiy blokda 3 ta, mutaxassislik blokida 2 ta fandan test olinishi bo‘yicha qaror qabul qilgandi.

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev «Toshkent 5 tashabbus harakati» doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot davomida 2021–2022-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarida test sinovlari nechta fandan bo‘lishi masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
«Hozircha bu yilgi test sinovlarida nechta fandan imtihon bo‘lishi masalasi to‘liq hal bo‘lgani yo‘q. Bu masalani hal qiladigan respublika maxsus komissiyasi bor. Ushbu komissiya a'zosi sifatida sizga aytishim mumkinki, 5ta fandan test bo‘lishi masalasi hech qayerda tasdiqlangani yo‘q.
Ko‘rdingiz, pandemiya sabab o‘tgan yili imtihonlar 2ta fandan o‘tkazildi. Karantin to‘liq chekinmagan holatda 2ta fandan topshirib, keyingi yilda birdaniga 5ta fandan bo‘lishi ham unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu masala ko‘rib chiqilmoqda va tez orada aniq bir to‘xtamga kelinadi», – dedi bosh vazir o‘rinbosari.
Biroq ta'kidlash lozim, Davlat qabul komissiyasining 2021 yil mart oyidagi bayoniga ko‘ra, bu yilgi kirish imtihonlarida 2 ta mutaxassislik fanlaridan tashqari, 3 ta umummajburiy fanlar blokida ham test topshirishi lozim.
Ta'lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan bo‘yicha testda to‘g‘ri javoblar uchun 3,1 balldan beriladi. Majburiy fanlar blokida ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixidan jami 45ta savol bo‘lib, ularning har biriga 2,1 balldan beriladi.
Mavzuga oid

15:45 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

08:09 / 07.07.2025
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi

12:20 / 01.07.2025
Prezident maktablari kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6 iyulda bo‘lib o‘tadi

19:47 / 24.06.2025