Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Diniy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi ma'lum qilindi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqotlar bo‘limi 2021/22 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari qaysi fanlar asosida o‘tkazish reja qilinayotganini ma'lum qildi.

Foto: muslim.uz
Unga ko‘ra, Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga kirishda quyidagi fanlardan imtihon olinadi:
- Fiqh va aqoid (test sinovi) 30 x 3,1 – maksimal 93 ball;
- Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 x 2,1 – 63 ball;
- O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 x 1,1 – 33 ball.
Hadis ilmi maktabi:
- Hadis va Mustalahul hadis (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 x 3,1 – 93 ball;
- Arab tili (og‘zaki, ijodiy imtihon) 30 x 2,1 – 63 ball;
- O‘zbekiston tarixi (test sinovi) 30 x 1,1 – 33 ball.
O‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalari:
- Xorijiy til (test sinovi) 30 x 3,1 – 93 ball;
- Tarix (test sinovi) 30 x 2,1 – 63 ball;
- Ma'naviyat va ma'rifat (test sinovi) 30 x 1,1 – 33 ball.
Ma'lumot uchun, o‘tgan o‘quv yilida pandemiya sababli O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida qabul imtihonlari 3 ta fandan ikkitaga qisqartirilgan edi.
Xususan, Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga kirish uchun «O‘zbekiston tarixi» va «Fiqh va aqoid» fanlari, Hadis ilmi maktabida «O‘zbekiston tarixi» va «Hadis va Mustalahul hadis» fanlaridan, shuningdek, o‘rta maxsus islom ta'lim muassasalariga «Tarix» va «Xorijiy til»bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilgan.
Mavzuga oid

15:45 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi

08:09 / 07.07.2025
Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi

12:20 / 01.07.2025
Prezident maktablari kirish imtihonlari birinchi bosqichi 6 iyulda bo‘lib o‘tadi

19:47 / 24.06.2025