O‘zbekiston | 11:54 / 01.06.2021
16053
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda respublikada birinchi bo‘lib urug‘siz qora tarvuz yetishtirildi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida dehqon va fermerlar meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishning o‘ziga xos usullari hamda yo‘llarini izlab topmoqda, deb xabar berdi Bojxona qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, tumanning O‘tamayli hududida har yili may oyining birinchi o‘n kunligida qovun va tarvuzlar mamlakatda birinchi bo‘lib pishib yetiladi hamda eksportga jo‘natiladi.

“Bu yil tarvuz yetishtirishda yana bir yangilikka qo‘l urildi. Usta dehqonlarning tinimsiz izlanishlari va mehnati natijasida urug‘siz pishib yetiladigan qora tarvuzlar yetishtirildi”, deyiladi ma'lumotda.

Ma'lum qilinishicha, rossiyalik xaridorlarning tavsiyasi bilan ilk marotaba tarvuzning yangi - “Style” navi yetishtirildi. Lalmi yerlarda qurilgan issiqxonalarda parvarishlangan tarvuzlar eksportga mo‘ljallangan. Hosil may oyida tayyor bo‘ldi.

Bildirilishicha, mahsulotlar tarkibidagi moddalar miqdorini saqlash maqsadida mahalliy o‘g‘itlardan foydalanilmoqda. Ayni kunlarda tumanning lalmi maydonlaridan qo‘shimcha yerlar o‘zlashtirilmoqda.

Mavzuga oid