Qashqadaryoda Tallimarjondagi nosozlik tufayli suv ta'minotida ham uzilish bo‘ldi

4 iyun kuni Tallimarjon IESda nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergandik. Ushbu nosozlik ortidan ayrim tumanlar aholisining elektr energiya ta'minotida uzilishlar yuzaga keldi.
«Qashqadaryo suvta'minoti» MChJ axborot xizmati rahbarining Kun.uz muxbiriga xabar berishicha, yuzaga kelgan ushbu nosozlik suv ta'minoti hududiy bo‘limlari faoliyatiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.
«Shahrisabz-Qarshi» suv ishlab chiqarish inshooti tasarrufidagi Yakkabog‘ tumanida joylashgan VU2, VU3, VU4 suv ishlab chiqarish inshootlarida 5 iyun tonggi soat 05-30da elektr tokning kuchlanishi kerakli me'yordan tushib ketishi natijasida, ushbu inshootlardagi nasos agregatlari to‘xtab qolgan.
Natijada, Qarshi shahri, Koson va Muborak tumani aholisiga suv yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.
Hozirda ushbu muammo bartaraf etildi.
Mavzuga oid

17:29 / 05.06.2025
Qashqadaryodagi «Langar ota» masjidi AQSh elchixonasi mablag‘lari hisobidan qayta ta’mirlandi

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

16:22 / 31.05.2025