Samsung kompaniyasi 6G texnologiyasini taqdim etishi kutilmoqda
Samsung Advanced Communications Research Center bo‘linmasi 2019 yilda 6G tarmog‘ini ishlab chiqish ustida ish boshlagandi.

Samsung yaqin vaqt ichida oltinchi avlod mobil tarmog‘ini (6G) taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda Korea Times nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, kompaniya 22 iyunda Unleashing the full power of 5G tadbirini o‘tkazadi. Tadbirda kompaniya "navbatdagi avlod tarmoqlari rivojidagi yetakchiligi"ni namoyish qiladi.
Samsung Advanced Communications Research Center bo‘linmasi 2019 yilda 6G tarmog‘ini ishlab chiqish ustida ish boshlagandi. Kompaniya o‘tgan yili 6G standarti hujjatlarini e'lon qildi.
Taxminlarga ko‘ra, yangi texnologiyani joriy etish 2028 yildan keyin boshlanadi. Tarmoqlar soniyasiga 1 Tbitgacha ma'lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 6G tarmog‘i ma'lumotlarni 5G tarmog‘iga nisbatan 50 baravar tezroq uzatadi.
Mavzuga oid

14:38 / 28.05.2025
Samsung Display Rossiya metallarini sotib olishni to‘xtatdi

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

20:08 / 25.03.2025