Shahzoda Harri va Megan Markl qizli bo‘lishdi. Qizaloqqa qirolicha va Diana sharafiga nom berildi

Foto: Reuters
Britaniya shahzodasi Harri va uning rafiqasi Megan Markl qizli bo‘lishdi. Bu haqda Britaniya birinchi oilasi rasman e'lon qildi.
Xabarda aytilishicha, qizaloqqa Lilibet Diana deb ism qo‘yishgan. U 4 iyun juma kuni mahalliy vaqt bilan 11:40 da Kaliforniyadagi Santa-Barbara kasalxonasida dunyoga kelgan. Chaqaloq o‘zini yaxshi his qilayotgani va allaqachon ota-onasi bilan uyiga ko‘chib o‘tgani aytildi.
Chaqaloqqa Lilibet Diana ismi buvisi va katta buvisi sharafiga qo‘yilgan. Britaniya qirolichasi Yelizaveta II'ni qirollik oilasidagilar Lilibet deb atashadi. Diana esa shahzoda Harrining vafot etgan onasi malika Diana sharafiga tanlangan ism. Lilibet Diana Britaniya qirollik oilasining 11-evarasi hisoblanadi. Chaqaloq tug‘ilishi bilan juftlikni Britaniya bosh vaziri Boris Jonson tabrikladi.
Shahzoda Harri va sobiq aktrisa Megan Markl 2018 yil turmush qurgan va ularning oilasida 2019 yil 6 may kuni birinchi farzand Archi tug‘ilgandi. Juftlik 2020 yil aprel oyida qirollik oilasini tark etgan va bunga sabab sifatida oiladagi sodir bo‘layotgan kamsitishlarni keltirgandi. Harri va Meganning Opra Uinfriga bergan intervyusi Britaniyaning birinchi oilasi haqida turli xil mish-mishlarni paydo qilgandi.
Harri qirollik oilasini tark etgan bo‘lsa-da, shahzoda unvonini saqlab qolgan. Bu unvon unga tug‘ilganidayoq berilgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskvada bloger o‘g‘irlab ketildi va keyin qo‘yib yuborildi
Jahon | 16:00
-
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim muassasalarini tashkil etishi mumkin
O‘zbekiston | 15:53
-
AQSh va YeI bojlar bo‘yicha muzokarani davom ettirmoqda
Jahon | 15:39
-
Toshkent metropoliteni 6 iyun kuni soat 3:00 dan 10:00 gacha bepul ishlaydi
O‘zbekiston | 15:34
Mavzuga oid

22:26 / 06.01.2023
Shahzoda Harri Afg‘onistonda 25 Tolibon jangarilarini o‘ldirganini tan oldi

20:39 / 11.03.2021
Shahzoda Uilyam qirollik oilasidagi irqchilik bo‘yicha ayblovga javob qaytardi

14:41 / 09.03.2021
«Qirollik xonadoniga qaqshatqich zarba» – Shahzoda Harri va Megan Markl shov-shuvli intervyu berdi

22:45 / 20.02.2020