Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soxta diplom tayyorlab berish evaziga fuqarodan pul talab qilgan shaxs ushlandi

Oltiariq tumanida soxta diplom tayyorlab bermoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oltiariq tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Fuqaro M.M. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, unga 2 500 AQSh dollari evaziga o‘zining tanishlari orqali oliy o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risida diplom tayyorlatib berish hamda uni ishga joylashtirib qo‘yishni va'da qilgan. Tadbir davomida M.M. 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Marg‘ilon shahrida tabiiy gaz tarmog‘i o‘tkazib berish maqsadida aholidan yig‘ilgan 5 000 dollar pullarni o‘zlashtirgan firibgarlar qo‘lga tushgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

10:44 / 08.05.2025
Telegramʼda akkauntlar sotilishini reklama qilib, fuqarolarning pulini o‘zlashtirib kelgan shaxs ushlandi

17:15 / 06.05.2025
“Buning gashti bor”: uyida ipak qurti boqayotgan oqbo‘yralik oila

11:00 / 04.05.2025
“Harakatim ko‘p, shuning uchun sog‘lomman” – 75 yoshli bog‘bon aya

16:06 / 13.03.2025