Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«IT sohasi bu – bugun va kelajak. Uni yaxshi o‘rgangan odam juda yaxshi yashaydi» - Komil Allamjonov
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi raisi Komil Allamjonov yoshlarni axborot texnologiyalarini yaxshi o‘rganib, shaxsiy rivojlanishga va dunyo bozoriga chiqib, erkin va munosib yashashga chorladi.

Foto: Unsplash
«Dunyoda IT sohasi shu darajada rivojlanib ketyaptiki, endilikda ayrim kompaniyalar ushbu yo‘nalishda universitetni bitirganlarni ishga olmayapti. Chunki ular o‘qigan o‘quv dasturlari ushbu rivojlanish bilan birga yangilanishga ulgurmayapti. Bu sohani yaxshi bilganlar bozorda rosa talash. Narxlar baland. Keyin ham faqat shunaqa bo‘ladi. Eng katta pul aynan shu yo‘nalishda.
Eng asosiysi, aytishnik bo‘lish uchun diplom kerak emas. Pul topmoqchimisiz? Yaxshi yashamoqchimisiz? Boy bo‘lmoqchimisiz? Maybax yoki X7 da yurmoqchimisiz? Erkin, o‘zingizga xon bo‘lmoqchimisiz? Faqat IT yo‘nalishiga o‘zingizni yo‘naltiring.
Super kontrakt pullarini o‘z shaxsiy rivojingiz uchun ishlating. Dunyo bozoriga chiqing. Hammasi oson. Hammasi maqsadga bog‘liq», – deya yozdi Allamjonov o‘z kanalida.
Shuningdek, muallif IT sohasi mutaxassislari uchun O‘zbekistonda va AQShda to‘lanadigan yillik o‘rtacha maoshlar haqida ham ma'lumot bergan.
«Yana ta'kidlayman, IT sohasi bu – bugun va kelajak. Ushbu sohani yaxshi o‘rgangan odam nafaqat O‘zbekistonda, dunyoning istalgan burchagida kamida xor bo‘lmaydi, ko‘pida esa juda yaxshi yashaydi. Tanlov o‘z qo‘lingizda, ukalarim!
Eng asosiysi, hozirga vaqtda O‘zbekistonda bo‘la turib ham, boshqa chet el kompaniyalari uchun masofadan ishlab, pul topsa bo‘ladi. Chet elga borish ham shart emas!» – deya yoshlarga murojaat qildi Mass-media fondi rahbari.
Mavzuga oid

22:06 / 23.06.2025
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi

15:13 / 20.06.2025
«Oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi» – prezident Chiyal dehqon bozoridagi sharoitlarni yaxshilashga ko‘rsatma berdi

18:39 / 16.04.2025
Bill Geyts sun’iy intellekt ba’zi kasb egalarini ishsiz qoldirishini bashorat qildi

15:16 / 03.04.2025