Hindistonda 16 kishini o‘ldirgan fil qidirilmoqda

Foto: Pixabay
Hindistonning Jarkxand shtatida fillar to‘dasidan quvilgan fil ikki oy ichida 16 kishini o‘ldirdi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Fil may va iyun oyida qator hujumlar sodir etgan. Bunday hujumlardan oxirgisi 22 iyunda yuz bergan: tongga yaqin ko‘chaga chiqqan keksa juftlik fil hujumi qurboniga aylangan.
Ma'lum qilinishicha, fil odamlar uylariga bostirib kirmagan va faqat unga juda yaqin kelgan yoki yo‘lidan chiqib qolgan odamlarni o‘ldirgan.
Mahalliy o‘rmon xo‘jaligi xodimi Satish Chandra Rayning ta'kidlashicha, hujumlarni 15–16 yoshli fil sodir etmoqda. «Ehtimol, filda kuyikish davri boshlangan va u urg‘ochi fillar uchun kurashda o‘zini haddan ziyod tajovuzkor tutgani uchun to‘dadan quvilgan bo‘lishi mumkin», deb aytgan mutaxassis.
Hozircha filni ushlashning iloji bo‘lmagan. Biroq o‘rmon xo‘jaligi xodimlari fil o‘z to‘dasi bilan birlashish ilinjida uning ortidan borayotganini aniqlashgan.
Mavzuga oid

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi

00:15 / 20.05.2025