Sirdaryo viloyatida ayrim tibbiyot muassasalari dori vositalarini litsenziyasiz tayyorlaganligi aniqlandi

2021 yil 28-29 iyun kunlari Sirdaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo viloyat filiali, Sirdaryo tumani tibbiyot birlashmasi, Guliston shahar tibbiyot birlashmasida ichki tekshirish ishlari o‘tkazildi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Lisenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan ma'lum qilindi.
Tekshiruv jarayonida ayrim tibbiyot muassasalarida litsenziyasining amal qilish muddati tugaganligiga qaramay dori vositalarini tayyorlash faoliyatini noqonuniy ravishda amalga oshirganligi aniqlandi. Shuningdek dorixonalarda dori vositalarini saqlash sharoitlari buzilganligi kabi qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Lisenziatlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar va ko‘rilgan ta'sir choralar ular e'tiboriga yetkazilib, dori vositalari muomalasida sifatsiz, kontrafakt farmatsevtik mahsulotlar aylanmasiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ogohlantirildi.
Mavzuga oid

19:48 / 13.06.2025
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri

15:15 / 10.06.2025
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

12:02 / 16.05.2025