Tabiati nomidan-da ajoyib qishloq. Salqinlash uchun zo‘r maskan – Parda Tursunga fotosayohat
Namangan viloyati Pop tumani markazidan 30-40 kilometr uzoqlikda Imom ota, Madaniyat, Chorkesar, Bunyodkor degan mahallalar bor. Bu to‘rtta mahalla Parda Tursun qishlog‘iga kiradi. Qishloq tabiati nomidan-da ajoyib.

Foto: KUN.UZ
Bu nomni qayerdadir eshitganday bo‘lyapsizmi? Ha, yozuvchi Parda Tursun mana shu qishloqdagi Chorkesar mahallasida dunyoga kelgan. Keyinchalik qishloqqa uning nomi berilgan.
Parda Tursun qishlog‘i tog‘ bilan o‘ralgan bo‘lib, yozning jazirama issig‘ida ham salqinligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa bu yil birin-ketin rekordlarni yangilayotgan issiq haroratdan qochish uchun bu qishloqdan yaxshisini topish qiyin.
Bu yerlarda deyarli har kuni yomg‘ir yog‘adi. Mayin shabada, soy suvining shaldirab oqishi bu maskan jozibadorligini yanada oshiradi.
Bu yerlarda bir biridan g‘aroyib mototsikllarni tez-tez uchratish mumkin. Axir Parda Tursunda sayr qilish uchun eng qulay transport mototsikl-da! Bu ulov tog‘lar orasida joylashgan sharshara hamda qorli cho‘qqilar yaqinigacha olib borishi mumkin.
Shaharda tunda ham cho‘g‘day qizdirayotgan havodan ozgina bo‘lsa-da omonda qolish uchun shunday maskanlarga borish ayni muddao. Hamon issiqdan qiynalib o‘tirgan bo‘lsangiz, Parda Tursun tomon yo‘lga chiqing, afsuslanmaysiz.
Boymirza Xalilov olgan suratlar
Mavzuga oid

09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:51 / 08.03.2025