Jahon | 16:30 / 16.07.2021
45282
2 daqiqa o‘qiladi

«Biz bunday halokatni hali ko‘rmagandik» - Germaniya g‘arbidagi suv toshqini foto va videolarda

Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Reynland-Pfals yerlarida odamlar uylarining tomiga chiqib, suvdan saqlanmoqda, o‘nlab kishilar halok bo‘lgan. Mahalliy hukumat favqulodda holat e'lon qilgan.

Sascha Steinbach / EPA / Scanpix / LETA

15 iyul kuni Germaniya g‘arbida yog‘gan kuchli va davomli yomg‘irlar suv toshqinlarini keltirib chiqardi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 100ga yaqin, o‘lim holatlari asosan Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Reynland-Pfals yerlariga to‘g‘ri keladi, yuzlab kishilar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Internetda tarqalgan videolarda odamlar bir necha soat mobaynida o‘z uylarining tomiga chiqib olib jon saqlaganini ko‘rish mumkin.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Ayrim hollarda ularni vertolyotlar orqali tomlardan olib ketishga to‘g‘ri kelgan.

«Biz shu vaqtgacha bunday ko‘lamdagi halokatga guvoh bo‘lmagandik», — deya tan oldi Reynland-Pfals yeri bosh vaziri Malu Drayyer.

GFR kansleri Angela Merkel qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan, shuningdek, tabiiy ofat vaqtida ishlayotgan qutqaruvchilar va ko‘ngillilarga minnatdorchilik izhor etgan.

Meteorologlarning prognozlariga ko‘ra, Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismida ham kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, bu hududlar aholisi ham suv toshqinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: Abdulhamid Hosbas/Anadolu Agency via Getty Images
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: EPA/Vostock-photo
Foto: Boris Roessler/picture alliance via Getty Images
Foto: Harald Tittel/picture alliance via Getty Images
Foto: Thomas Frey/picture alliance via Getty Images
Foto: EPA/Vostock-photo

Mavzuga oid