Buxorodagi 7 ta tarixiy obida ICESCOning Islom olami merosi ro‘yxatiga kiritildi

Buxoroda joylashgan 7 ta tarixiy obida ICESCOning Islom olami merosi ro‘yxatidan joy oldi, deya xabar berdi viloyat madaniy meros boshqarmasi matbuot xizmati.
Ushbu ro‘yxatga Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor Bakr, Bahouddin Naqshband majmualari, Mag‘oki Attor masjidi, Poyi Kalon ansambli, Qadimgi Poykent shahri qoldiqlari va Toshsaroy madrasalari kiritilgan.
Madaniyat vazirligi va viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Buxorodagi ushbu madaniy meros obektlarining tegishli nomzodnoma hujjatlari Islom olami merosi Qo‘mitasiga taqdim etilgan.
2021 yilning 29 iyun kuni Islom olami merosi Qo‘mitasining to‘qqizinchi majlisi onlayn tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston nomidan taqdim etilgan nomzodnoma hujjatlari ko‘rib chiqilib, Buxorodagi 7 ta madaniy meros obekti ro‘yxatga olingan.
Uchrashuvda, shuningdek, kelajakda ushbu madaniy meros obektlarini restavratsiya qilish, ularni o‘rganish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish bo‘yicha ICESCO va Islom olami merosi Qo‘mitasi bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yuzasidan kelishib olingan.
Mavzuga oid

20:42 / 19.06.2025
Buxorodagi xususiy bog‘chada ikki yashar bola tok urishidan vafot etdi

16:10 / 18.06.2025
"Bunday holatlar davlatni xalqaro darajada obro‘sizlantiradi" - Buxoro hokimi "ishi" faollar nigohida

21:52 / 12.06.2025
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi

14:04 / 10.06.2025