Bugun Qoraqalpog‘istonning 4 ta tumanida «svet» o‘chishi mumkin

Bugun Qoraqalpog‘istonning Amudaryo, Beruniy, Ellikqal'a va To‘rtko‘l tumanlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi Kun.uz'ga xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, “Taxiatosh IES” AJda avariya holati yuzaga kelgan. Shu sababli 21 iyul Qoraqalpog‘istonning barcha shahar va tumanlarida mahalliy hokimiyat bilan kelishgan holda «VeYeR» jadvali bo‘yicha «svet» o‘chadi.
Yuqoridagi holat qachon bartaraf etilishi va «svet» qaysi vaqt oralig‘ida o‘chishiga oydinlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal'a tumanlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilgandi.
Mavzuga oid

09:55 / 20.06.2025
8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

09:01 / 17.06.2025
Ko‘p qavatli uylarda elektrdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

11:14 / 16.06.2025
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

08:52 / 27.05.2025