Sirdaryoda uxlab qolgan «GAZ-53» yuk mashinasi haydovchisi YTHda vafot etdi

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida «GAZ-53» yuk mashinasi haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda haydovchi vafot etgan, uning yonida ketayotgan shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 23 iyul kuni tonggi soat 6:00larda M34 Toshkent-Dushanbe xalqaro avtomobil yo‘lining Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan 75-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «GAZ-53» yuk mashinasi yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda «GAZ-53» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mashina salonida bo‘lgan yana bir shaxs esa og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «GAZ-53» haydovchisi harakatlanish davomida uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan.
Mavzuga oid

14:10 / 04.07.2025
Usta Shirin ko‘chasida Cobalt va Tracker-2 to‘qnashdi

13:23 / 03.07.2025
«Liverpul» hujumchisi Jota YTH oqibatida halok bo‘ldi

10:41 / 03.07.2025
Chilonzorda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti Damas bilan to‘qnashdi

23:32 / 30.06.2025