Xitoy sharqiga kuchli tayfun yopirilishi natijasida 1,6 mln kishi evakuatsiya qilindi
Tayfun epimarkazida shamol tezligi soniyasiga 28 metrni tashkil etgan.

Foto: TASS
Xitoy sharqidagi Chjetszyan provinsiyasiga "In-Fa" tayfuni yopirildi, deb xabar bermoqda Global Times.
Xitoy milliy meteorologiya markazining taxminicha, tayfundan Chjetszyan, Shanxay va Tszyansu provinsiyasi ham jabr ko‘rishi mumkin. Tayfun epimarkazida shamol tezligi soniyasiga 28 metrni tashkil etgan.
Xabar qilinishicha, 1,65 mln kishi Chjetszyan provinsiyasidan xavfsiz joylarga ko‘chirilgan.
"In-Fa" – Xitoyda bu yil qayd etilgan oltinchi tayfun. Tayfun Chjetszyan sohiliga 24 iyulda yetib kelgan va kuchli yomg‘irlar, shamol va suv toshqinlari keltirib chiqargandi.
Avvalroq Yaponiya shimoli-sharqiga Tinch okeani tomondan "Nepartak" tayfuni yaqinlashayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025