Tryudo Baydenga bahsni yutqazib qo‘ydi

Jo Bayden va Jastin Tryudo / Foto: Reuters
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo AQSh prezidenti Jo Baydenga bahsda yutqazib qo‘ydi va unga dudlangan go‘sht sovg‘a qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.
Iyunda Bayden va Tryudo kimning davlati xokkey klubi Stenli kubogi finalida g‘alaba qozonishiga bahs boylashgan.
Kubok finalida AQShning “Tampa-Bey Laytning” klubi Kanadaning “Monreal Kanadiyens” klubini mag‘lub etgan. Shundan keyin Tryudo Baydenga tabrik sifatida dudlangan go‘sht jo‘natgan.
2 avgustda AQSh va Kanada yetakchilari o‘rtasida o‘tgan telefon suhbatida Bayden Tryudoga go‘sht uchun minnatdorlik bildirgan.
Mavzuga oid

17:15 / 05.06.2025
Tramp Baydenning sog‘lig‘i bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishni buyurdi

15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi

19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

09:57 / 19.05.2025