Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliment to‘lamagan otalarga ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jalaquduqlik ikki nafar otaga farzandlari uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan alimentni vaqtida to‘lamaganligi uchun 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, fuqaro X.A. bir nafar farzandi moddiy ta'minoti uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan alimentni o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan. Natijada 11 916 561 so‘m qarzdorlik yig‘ilib qolgan va tegishli tartibda X.A.ga 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari 7 144 897 ming so‘m qarzdorligi bo‘lgan Sh.T.ga ham tegishli tartibda 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq, Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan xo‘jaobodlik ikki nafar otaga qamoq jazosi tayinlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

22:35 / 05.07.2025
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

13:30 / 24.03.2025
100 mingga yaqinlashgan ma’muriy qamoq, 5 barobar oshgan deportatsiya - O‘zbekistonda huquqbuzarliklar statistikasi

20:30 / 10.02.2025
Toshkentliklarni haqoratlagan talaba qiz 10 sutkaga qamaldi

17:19 / 03.02.2025